Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 186 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

3 DEKABR – XALQARO NOGIRONLAR KUNI

×

 2021-12-03 08:24:16    142

PDF yuklash
Chop etish



Har yili “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi.

Davlat nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, ularni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilish dasturlarining amalga oshirilishini, nogironligi bor shaxslarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, bunday toifadagi shaxslarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramiz aholisining 15 foizi (bir milliarddan ortiqroq inson) nogirolikning u yoki bu turidan aziyat chekadi. 60 yoshdan oshganlarning 46 foizini nogironlar tashkil qiladi. YEr yuzidagi nogironligi bor insonlarning 10 foizi esa bolalardir. Dunyoda bunday insonlarning 80 foizdan ortiqrog‘i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.

Ularning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar Xalqaro nogironlar o‘n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o‘n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktyabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.

Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a’zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram