Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
# ADABIYOT_ KUNLARI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/8759cb13e2973ef57a665.jpg)
2021-12-02 20:19:50 117
![](https://telegra.ph/file/8759cb13e2973ef57a665.jpg)
Qo‘shtepa tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, tuman Madaniyat bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan viloyat hokimining farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Adabiyot kunlari” tadbirlari asosida joriy yilning 2-dekabr kuni Tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘rtasida “Mahoratli notiq” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlov ishtirokchilari 3 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha, ayniqsa rahbar xodimlarni nutq madaniyatini oshirish borasida alohida yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar.
![](https://telegra.ph/file/3a603e0b1791a74b63c15.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d8c5d6630472c91e24bcc.jpg)
Tanlovda, tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shukurullo Akbarov 1-o‘rinni, 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Po‘latov 2-o‘rinni hamda 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Oydinxon Fozilovalar 3-o‘rinni egalladilar.
Tanlov ishtirokchilariga tuman hokimligining diplom, tashakkurnoma, kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
![](https://telegra.ph/file/99548d863f847f42d6515.jpg)
Ko‘rik-tanlovda viloyat hokimining maslahatchisi S.Tongotarova hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari Sh. To‘ychiyev ishtirok etdi.