Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

   QO’SHTEPA TUMANIDA NOGIRONLAR KUNI MUNOSIB NISHONLANDI

×

 2021-12-01 16:01:32    129

PDF yuklash
Chop etish



BMT tashkiloti tomonidan 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan. Ushbu sana butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Bugun tumanimizda Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlanib, ushbu sana munosabati bilan Langar mahallasidagi “Fayzu baraka” marosimlar o‘tkazish majmuasida tadbir o‘tkazildi.




Tadbirga tumandagi nogironligi bo‘lgan insonlar taklif etilib, ularga bayram dasturxoni yozildi.  



Tadbirning ochilish marosimida Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov so‘zga chiqib, yurtimizda hech kim e’tibordan chetda qolmasligi, ayniqsa, jismoniy cheklangan shaxslar davlatimiz tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanayotganligi, bu borada tumanda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ham chetda qolishmayotganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.





Shundan so‘ng tadbir mehmonlariga tuman hokimligi, sektor rahbarlari ishtirokida homiylarning sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari  tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar, imkonyati cheklanganlar tomonidan ijro etilgan raqslar ularning kayfiyatini ko‘tarishga va hayotga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga xizmat qiladi.  






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram