Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-29 19:54:06    104

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga loyiha asosida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



22-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



46-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi “Loyson” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari 2022 yil hosili uchun chigit ekilishi rejalashtirilgan yer maydonlarini meliorativ holatini yaxshilash maqsadida sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan pol olinayotgan maydonlarda bo‘ldi. Mas’ul rahbarlarga pol olish hamda sho‘r yuvish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



 “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram