Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-26 19:37:07    84

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida 7 nafar fuqarolar 7 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



13-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



25-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi “Oqtepa” qishloq vrachlik punktida bo‘lgan tuman hokimi muassasada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari tadbirkor X.Toshbekov tomonidan Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan parrandachilik fermasi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, eksportni yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.

Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini, Nayman ko‘chasi, 108-uyda yashovchi mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”da turuvchi S.Zokirovaning yashash xonadonida xomiylar tomonidan olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga qurilish ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.



Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov rahbarligida Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Vodiy nasilli quyonlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishildi.



 “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida g‘alla o‘rim kombaynlari, chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram