Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-25 19:57:42    86

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ham o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Qamishtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Hunarmandlar markazi” faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, eksportni yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida A-373 yo‘lining tumandan o‘tuvchi qismida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga loyiha asosida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Tuman rahbari 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan kuzgi agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, kuzgi shudgorlash hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan kuzgi agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, kuzgi shudgorlash hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish ishlariri tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram