Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-23 19:45:58    21

PDF yuklash
Chop etish



Barchamizga ma’lumki, yurtimizda 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. Shu munosabat bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida A-373 yo‘lining tumanimizdan o‘tuvchi qismida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi I.Novikov mas’ul rahbarlarga loyiha asosida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.



29-umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Sil kasalliklari shifoxonasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga aholi tomonidan bo‘lgan chaqiruvlarga muassasa xodimlari belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.



Tadbirkor R.Xaydarov tomonidan Kichik beshkapa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi. Tadbirkorga qurilish ishlarini yakunlash hamda “Konstitutsiyamizning 29 yilli”gi bayrami arafasida foydalanishga qabul qilish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Kichik beshkapa mahalla fuqarolar yig‘inida xususiy sherikchilik asosida mahalla fuqarolar yig‘ini binosi qurish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman rahbari tomonidan mutasaddi rahbarlar hamda tadbirkorga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman rahbari 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan kuzgi agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, kuzgi shudgorlash hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan kuzgi agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, kuzgi shudgorlash hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram