Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-22 19:30:39    87

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da tuman hokimi I.Novikovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumanimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 7 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida A-373 yo‘lining tumandan o‘tuvchi qismida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga loyiha asosida ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga dastur doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



10-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman rahbari muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ham o‘rganilib, mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Do‘rmon” shifokor xizmat uyida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga aholini kasallikka qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan kuzgi agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, kuzgi shudgorlash hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan kuzgi agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, kuzgi shudgorlash hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram