Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUNARI BORNING BAXTI BOR

×

 2021-11-19 14:39:55    118

PDF yuklash
Chop etish



Viloyatimiz qadimdan hunarmand va tadbirkorlar yurti bo‘lgan. Tumanimizda ham asl hunarmandlar bor. Hunarmandchilik yo‘nalishini rivojlantirish, yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarning bandligini ta’minlash — bugunning muhim vazifalaridan biridir.

Solijonobod mahallasida yashovchi Azizbek Xolmatov “Hunarmand” uyushmasi Qo‘shtepa tumani bo‘limiga a’zo bo‘lib, a’lo baxmal to‘qishni yo‘lga qo‘ydi. Avval o‘z xonadoniga dastgohlar o‘rnatdi. Turmush o‘rtog‘i Munojatxon to‘qiy boshladi.




Shundan so‘ng, qisqa vaqt ichida faoliyatini kengaytirib, uyda o‘tirgan 6 nafar ishsiz ayollarni bandligini ta’minladi. Hozirda kasanachilik asosida ishlayotgan Xosiyatxon Xamdamova, Mukambal Jamolxo‘jayeva, Xonzoda Ibroximova, Munojat Xolmatova, Sarvinoz G’aniboyeva, Muxtasar Kamolovalar bir kunda 2 metrgacha a’lo baxmal matosini to‘qishmoqda. A’lo baxmal matosining bir metri uchun 25 ming so‘mgacha haq to‘lanadi. Bu – bir oyda 1,5 million so‘mgacha daromad topish mumkin degani.

– Hali oldinda qiladigan ishlarimiz ko‘p, – deydi  hunarmand Azizbek Xolmatov. – Yurtimizda hunarmandchilik qadimdan taraqqiy etgan. Ajdodlarimiz ushbu sohaning ko‘plab turlari bilan faol shug‘ullangan. Xalqimiz hunar o‘rganib, buyumlar yaratish, kudalik hayotda asqatadigan jihozlar tayyorlash va mehnati bilan odamlarga naf keltirishni qadriyat darajasiga ko‘targan. Hunarmandchilikning u yoki bu yo‘nalishi bir oila vakillarining asosiy mashg‘ulotiga aylanishi mohir hunarmandlar sulolasini vujudga keltirgan. Joylarda o‘ziga xos maktablar shakllangan. 



Xalqimizda hunarli kishi xor bo‘lmaydi, degan gap bor. Bugun o‘z hunari bilan oilasini ta’minlayotgan, yangiliklar yaratayotgan va mehnat mahsulini dunyoga tanitayotganlar soni tobora ortib bormoqda. Azizbek Xolmatov ham o‘z faoliyatini yanada kengaytirib, adras to‘qishni ham yo‘lga qo‘ymoqchi. Kelajakda u hunarmandchiligimizni yanada rivojlantirib, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish ishtiyoqida faoliyat olib bormoqda. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram