Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN — BUTUN DUNYO ERKAKLARI UCHUN MUHIM SANA

×

 2021-11-19 08:47:03    125

PDF yuklash
Chop etish



19 noyabr — Xalqaro erkaklar kuni.

 Ushbu bayram birinchi marotaba 1999 yilda Karib dengizining janubidagi ikki katta oroldan iborat bo‘lgan Trinidad va Tobago Respublikasi aholisi tomonidan nishonlangan. Keyinchalik ushbu bayramni nishonlash Karib dengizi atrofidagi boshqa mamlakatlarida, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Osiyo, YEvropa va Birlashgan Millatlar Tashkilotida qo‘llab-quvvatlandi.

Bugungi Xalqaro erkaklar kunining tashabbuskori G’arbiy Hindiston universitetining doktori Jerome Tiluksingx edi. U erkaklarning oila va jamiyatdagi ijobiy rolini ta’kidlaydigan bayramni tashkil etishni taklif qildi. Doktor Tiluksingx mazkur sana sifatida 19-noyabr kunini – otasining tug‘ilgan kunini tanladi, uning so‘zlariga ko‘ra, uning otasi juda yaxshi namuna edi.

Ushbu kunning maqsadi oilada va ota-onaning tarbiyadagi rollarining ahamiyatini belgilashda erkaklarning gender kamsitilishiga e’tiborni qaratish, o‘g‘il bolalar va erkaklar salomatligini saqlash, ularning ijtimoiy, hissiy, jismoniy va ma’naviy farovonligiga alohida berishdir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram