Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 142 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-18 21:20:23    107

PDF yuklash
Chop etish



Bugun O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sanaga 30 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 11-umumta’lim maktabida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir avvalida tuman hokimi I.Novikov so‘zga chiqib, barchani ushbu qutlug‘ kun bilan muborakbod etib, bayrog‘imizni yaratilish tarixi hamda dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni to‘g‘risida gaprib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda Davlatimiz bayrog‘ini dunyoda yuqori ko‘tarilishida bilimdon yoshlarimiz hamda sportchilarimiz o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shib kelayotganligini takidlab, muassasa o‘quvchilari ham shu yoshlar qatorida bo‘lishlariga ishonch bildirdi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 36-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan tuman hokimi, muassasada O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Muassasa tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabriklab, ularga tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, tuman hokimi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish va kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Azamxon a’lo sifat” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.



Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam bo‘limida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholi tomonidan bo‘lgan chaqiruvlarga muassasa xodimlari belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga loyiha asosida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram