Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-11-18 15:20:50    89

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 11-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo‘shtepa tumanida yashovchi ismi-sharifi ko‘rsatilmagan fuqarolarning video murojaati tarqatildi.

Ushbu murojaatda:  “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Sarmozor, Eshonguzar va Baland masjid MFYlar hududida joylashgan, shartnoma asosida qaytarish sharti bilan 50 yilga berilgan bog‘lar o‘zlashtirilib sotilyapti. Aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan uy qurilyapti. Tuman hokimi, sektor rahbari va kadastr idorasining bu holatdan xabari bormi?” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi mutasaddilari tomonidan mavjud arxiv xujjatlari asosida joyida o‘rganilganda quydagilar aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan mazkur holatlar Qo‘shtepa tumani “A.Niyozov Oqtepa massivi” hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 9164-sonli konturida joylashgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 1,66 gektardan iborat ekanligi, shundan 1,54 gektar qismini tomorqa yerlar tashkil etishi aniqlandi.

Video murojaatda ko‘rsatilgan yer maydonlari Qo‘shtepa tumani hokimining 13.02.2013 yildagi  99-sonli qarori bilan fuqarolar Mo‘minov Ibroxim Mamasoliyevichga 0,35 gektar, Muminova Madinaxon Usmonjonovnaga 0,30 gektar, Mo‘minova Zumradxon Ilxomovnaga 0,35 gektardan jami 1,0 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida bino-inshootlar qurish huquqisiz dexqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berilgan.

Ajratib berilgan yer maydonlariga Davlat kadastlari palatasi Qo‘shtepa tuman filiali tomonidan Zumratxon Mo‘minova hamda Ibroxim Mo‘minovlar nomiga 2013 yilda kadastr xujjatlari rasmiylashtirilib yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

O’rganish davomida, fuqarolar Mo‘minov Ibroxim Mamasoliyevich, Muminova Madinaxon Usmonjonovna va Mo‘minova Zumradxon Ilxomovnalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan dehqon xo‘jaligi yer maydonlarining atrofini vakolatli organlarning ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan mukammal devor to‘siqlari bilan o‘rab olinganligi aniqlandi.

Bu bilan, fuqarolar I.Mo‘minov, M.Muminova va Z.Mo‘minovalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi Qonunning 9-moddasi talablari buzilib, Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkasi atrofi mukammal to‘siq devor bilan o‘rab olingan.

Shu sababli, Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan fuqarolar I.Mo‘minov, M.Muminova va Z.Mo‘minovalar mos ravishda 12.11.2021 yilda 2023, 2024 va 2025-sonli ogohlantirish xatlari bilan o‘zboshimchalik bilan qurib olingan devor to‘siqlarini 15 kun muddatda o‘z hisobidan bartarab etilishi yoki belgilangan tartibda sudga da’vo arizalari kiritilishi haqida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, mazkur xolatlar yuzasidan Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan 2021 yil 12 noyabr kuni fuqarolar Mo‘minov Ibroxim Mamasoliyevichga, Mo‘minova Zumradxon Ilxomovnaga va Muminova Madinaxon Usmonjonovnalarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, MJtKning 68-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun shu kunning o‘zida ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, fuqarolarning xar biriga nisbatan MJtKning 68-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari miqdorida jarimalar qo‘llanilganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram