Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’RANG JAVOB BERAMIZ!

×

 2021-11-18 13:50:39    88

PDF yuklash
Chop etish



SAVOL:

Ayrim sabablarga ko‘ra turmushimiz buzildi. Olti oydan beri ota-onamning uyidaman. Xo‘jayinim bilan qonuniy ajrashish va otalikdan mahrum qilish uchun sudga ariza bermoqchi edim. Lekin xo‘jayinim  chet elga chiqib ketibdi. Ariza bersak sud ishni ko‘raveradimi?

A.Adilova.

 

JAVOB:

Fuqarolik protsessual kodeksi 280-modda. Sirtdan ish yuritish asoslari:

Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida so‘ramagan taqdirda, agar da’vogar bunga e’tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin. Ishni bunday tartibda ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda ma’lumot bo‘lishi kerak.

Shu asosda tegishli tartibda sud javobgarni xabardor qilib ishni ko‘radi.

Ushbu savolga Qo‘shtepa tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Xomidov javob berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram