Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-15 18:17:20    85

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hokim yordamchisi lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan saralab olingan nomzodlar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Mas’ul rahbarlarga hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabulda 7 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.



20-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman hokimi muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Langar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “UNIFORM PLUS” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.



Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Langar” shifoxonasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga loyiha asosida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish, 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish, boshoqli don ekinlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda olib borish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram