Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-13 20:47:51    121

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qildi. Mas’ul rahbarlarga dastur doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



 “Obod qishloq” dasturi asosida mukammal ta’mirlanayotgan 10-umumta’lim maktabida muassasani foydalanishga qabul qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan muassasada olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlaridagi kamchiliklarni qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.



“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan tumandagi tibbiyot xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi ochib, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan sohaga berilayotgan e’tiborlarini takidlab o‘tdi. Soha vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklab, ularga tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga loyiha asosida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda boshoqli don ekinlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram