Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-12 22:22:03    108

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida 9 nafar fuqarolar 10 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo‘layotgan muammolar sababli muddati o‘tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman rahbari tomonidan Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kredit to‘lovlaridan qarzdorligi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi. Mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “Kichik sanoat zonasi”da faoliyat ko‘rsatib kelayotgan sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishgan sektor rahbari tomonidan tadbirkorlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, eksportni yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida Shodlik va Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘inlarida mevali va manzarali daraxtlar ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga yashil hududni kengaytirish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Shuningdek, tadbirkor X.Noruzaqov tomonidan Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tibbiy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishib, tadbirkorga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga qabul qilish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 “Ochiq byudjet” dasturiga kelib tushgan murojaatlar asosida Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini belgilangan tartib asosida sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda boshoqli don ekinlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram