Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OILA MUSTAHKAMLIGIDA ERKAKNING O’RNI VA VAZIFALARI

×

 2021-11-12 13:02:19    111

PDF yuklash
Chop etish



Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasi, G’anijonota jome masjidi noyibi hamda Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, oilalarda erkaklarni tutgan o‘rni shuningdek, mas’ulyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollari va ko‘cha boshilar ishtirok etdilar.

Oila insonning dunyodagi saodatini ta’minlovchi qo‘rg‘ondir. Dinimizda er-xotin o‘rtasida o‘ziga xos qonun-qoidalar joriy qilingan. Agar mazkur qoidalarga er-xotin amal qilib oldidagi burch va majburiyatlarini to‘la-to‘kis ado etishsa, bunday oila baxtli bo‘ladi. Oila halol-pok, tinch bo‘lsa, jamiyat mustahkam va turmush farovon bo‘ladi.

Erkak kishining eng katta burchi o‘z qaramog‘idagilarning o‘zgalarga qaram bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Darxaqiqat, erkakning zimmasiga ahli ayol nafaqasi farzdir.

Ming afsuslar bo‘lsinki, hozirgi kunda ba’zi bir oila boshliqlari ayni shu masalada o‘z vazifalarini unutib qo‘ymoqdalar, ba’zi erkaklar o‘z jufti halollariga ayollar sha’niga mos kelmaydigan yo‘llar bilan pul topib kelish uchun ko‘cha-kuyga chiqarib, hatto madikorlikka borishga majbur qilayotganligi sezilib qolmoqdi. Bu esa er o‘z vazifasini ado etolmaganidan bo‘lib, oqibatda oilani buzilishiga sabab bo‘lmoqda.



 Yig‘ilishda aynan yuqoridagi muammolar xususida fikrlar almashildi.    Erkak kishining ma’suliyati va oiladagi burchi alohida qayd etildi.

Tomchilardan daryo hosil bo‘lganidek, zero oilada qut-baraka, yaxshilik, mustahkam asos er-xotinlarni o‘zaro bir-birlariga chiroyli muomila qilish va hamisha bir-birlarini tushunib shukr qilib yashashlaridan tug‘uladi.

Shu o‘rinda erkaklarga aytar so‘zimiz: “Ko‘zingizni oching, dunyoga erkak bo‘lib kelganingizni eslang. Kichik qo‘rg‘oningiz, umr yo‘ldoshingiz bilan birga qurgan baxt go‘shangiz, oilangizni asrang, unga faqat o‘zingiz egalik qiling. Zurriyodlaringiz, ahli ayolingizning hayoti, taqdiri va nasl-nasabingizning tozaligi va qudratli bo‘lishi uchun  javobgar ekaningizni unutmang!

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram