Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-11 20:20:45    110

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 4-umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganilib, mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga dastur doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inida mevali va manzarali daraxtlar ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tumanda yashil hududni kengaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo‘layotgan muammolar sababli muddati o‘tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kredit to‘lovlaridan qarzdorligi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi. Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Tuman rahbari Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

“A.Yassaviy Loyson” MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan dala sharoitida yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda boshoqli don ekinlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram