Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SAFI KENGAYMOQDA

×

 2021-11-11 13:14:14    100

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida tadbirkor, hunarmand va kasanachi xotin-qizlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, kun sayin ularning safi tobora kengayib bormoqda. 

“Xumdon” mahallasida yashovchi Sayyoraxon Odilova tikuvchilikka qiziqar edi. U tijorat bankidan ajratilgan 16 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga 3 ta zamonaviy tikuv mashinasi xarid qildi. Shu tariqa o‘z yumushini yengillatib, asta-sekin daromadini ko‘paytira boshladi. Yoniga 5 nafar ishsiz mahalladosh ayollarni ham olib, bugun chaqaloqlardan tortib yoshi katta ayolu-erkaklar kiyimlarini tikyapti.



– “Hunarmand” uyushmasining Qo‘shtepa tumani bo‘limga  a’zo bo‘lgach, faoliyatimda tubdan o‘zgarish bo‘ldi, – deydi Sayyoraxon Odilova. – O’zimni eski “qora” tikuv mashinalarim bor edi. Hozirda ularni yoniga yangilarini qo‘shdik. Qo‘shnilarim bilan birga turli xaridorgir kiyim-kechaklar, kelinlik va ayollar liboslari tikib, bozorlarga yetkazib bermoqdamiz. Bundan tashqari aholi buyurtmalari asosida ham tikuvchilik mahsulotlari tayyorlayapmiz.



Hozirda Sayyoraxon va uning shogirdlari buyurtma asosida qishki ish kiyimi tikishayotgan ekan. Tikuvchilikka qo‘li kelib qolgan 5 ta shogird tikkaniga yarasha maosh ham olishib, tayyorlanayotgan mahsulotlarning chiroyi va sifatli bo‘lishini ta’minlashyapti.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram