Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-10 18:46:19    91

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida tumanda ijro intizomini mustahkamlash hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga ijro intizomini mustahkamlash hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko‘tarilgan muammolarni manzilli o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyati hokimining 2021 yil 1 noyabr kungi “Farg‘ona viloyatida Tadbirkorlar Kengashlarini tashkil etish hamda faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 129-11-0-Q/21-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Tadbirkorlar Kengashi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘rtkazildi. Tuman hokimi tomonidan Kengash a’zolariga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.



Tuman hokimligining majlislar zalida mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda diniy tashkilot vakillari ishtirokida Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish, aholi xonadonlarida tok, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish hamda aholi tomorqalaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda aholi tomorqalaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun keng targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

15-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman rahbari muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida Shodlik va Yangi do‘kon mahalla fuqarolar yig‘inlarida mevali va manzarali daraxtlar ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga tumanda yashil hududni kengaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo‘layotgan muammolar sababli muddati o‘tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida sektor rahbari tomonidan Yangi do‘kon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kredit to‘lovlaridan qarzdorligi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi. Mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tuman rahbari 3-sektor hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan dala sharoitida yig‘ilish o‘tkazdi. Tuman hokimi tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda boshoqli don ekinlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram