Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOSHQARMA BOSHLIG’I QO’SHTEPA TUMANIDA SAYYOR QABULDA

×

 2021-11-10 15:56:17    93

PDF yuklash
Chop etish



Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i E.Asronqulov Qo‘shtepa tumanidagi G’ishmon mahalla fuqarolar yig‘inining fuqarolari bilan pensiya ta’minoti masalalari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Sharopov va soha mutaxassislari ham ishtirok etdilar. 

Qabul avvalida boshqarma boshlig‘i E.Asronqulov so‘nggi yillardagi pensiya ta’minoti tizimida yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘zladi.

Qabul davomida pensiya tayinlash, pensiya va nafaqa oluvchilarga to‘lovlarni amalga oshirish tartibi, nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga nafaqalar tayinlash tartibi, talab etiladigan ish staji va xujjatlari, ixtiyoriy sug‘urta badallarini to‘lash tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.



Unda ishtirok etgan pensiya va nafaqa oluvchilar hamda fuqarolar pensiya va nafaqa tayinlashdagi o‘zgarishlar, bu borada uchrayotgan muammolar va o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalari yuzasidan boshqarma boshlig‘iga murojaat qildi.

Qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram