Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-09 20:09:45    73

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 7-umumta’lim maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazi faoliyati bilan tanishib, muassasada kasb-hunar egallayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Ularga yetuk hunar egalari bo‘lishlari hamda Mustaqil vatanimiz ravnaqiga munosib xissa qo‘shishlariga ishonch bildirildi. Shuningdek, mas’ul rahbarlarga muassasada to‘garaklar sonini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo‘layotgan muammolar sababli muddati o‘tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida sektor rahbari tomonidan Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kredit to‘lovlaridan qarzdorligi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi. Mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman hokimi tomonidan “A.Niyozov Oqtepa” MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan dala sharoitida yig‘ilish o‘tkazildi. Fermer xo‘jaliklari rahbarlariga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda boshoqli don ekinlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram