Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’RANG JAVOB BERAMIZ!

×

 2021-11-09 14:38:02    88

PDF yuklash
Chop etish



SAVOL:

Oilamizda har hil kelishmovchiliklar bo‘lsada, uni saqlab qolishga harakat qildim. Lekin, 12 yillik turmushimiz buzildi. O’rtada bir nafar farzandimiz bor.

Sud ajrashish uchun bergan arizamizni ko‘rib chiqib, ”Ajrashishga hech qanday asos yo‘q deb”, oilamizni tiklash uchun yetti oyga muhlat berdi.

Xo‘jayinim bilan yangi uy-joy qilib chiqqan edik. Lekin yer qaynonamni nomida ekan. Erim men bilan uy talashavergach ota-onamnikida yashashga majbur bo‘lmoqdaman. Farzandim ham o‘zim bilan birga.

Endi erim “Uyni tashlab chiqib ketding, sudda hech narsa undira olmaysan” deyapti...

Axir o‘sha uyda 12 yillik mehnatim bor, kuyib qolaveramanmi?! Bu uyda hech qanday haqqim yo‘qmi. Maslahat bering, qanday yo‘l tutay?

F.AZIZOVA.

 JAVOB:

Hurmatli fuqaro, Sizga eng avvalo uy-joy qurish jarayonidagi ulushingizni tasdiqlovchi dalillar kerak bo‘ladi. Bunda rasmiy daromadingiz, eringizning rasmiy daromadlarini ko‘rsatish va uy qurilishida uchinchi shaxslar mablag‘lari kiritilganligiga aniqlik kiritish lozim. Uy qaynonangizni nomida bo‘lsada, Siz va eringizni qurilishdagi ishtiroki (pul, qurilish material, ustalarning oziq-ovqati v.x) qiymati hisobidan ushbu binodan o‘z haqqingiz qiymatini buzdirib, materiallarini olish yoki Sizni da’vo talabidagi summani eringiz yoki qaynonangiz sotib olishi orqali talabingiz qanoatlantiriladi. Bu jarayon nizoli bo‘lgani uchun sud tartibida hal etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2004 yil 24 sentyabrdagi 14-son qaroriga e’tibor qarating:

Agarda qurilish kadastr xujjatlari bo‘lmasa

3-bandi: Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi, shu jumladan ana shunday uyga nisbatan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, meros olish bilan, shuningdek uyni bo‘lish bilan bog‘liq da’volar, o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilinganidan qat’i nazar, sudlarga taalluqli emas.

Bunday da’volar arz qilinganda, sud Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 194-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qabul qilishni rad etadi, agar ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shaxsga tegishli davlat organiga ushbu talab bilan murojaat qilish huquqini tushuntirgan holda FPK 124-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatadi.

Ayni vaqtda shuni ham nazarda tutish zarurki, qonun o‘zboshimchalik bilan uy qurgan shaxsning va boshqa manfaatdor shaxsning da’volari, agar talab mulk huquqi bilan bog‘liq bo‘lmagan, xususan qurilish materiallariga bo‘lgan huquqni e’tirof etish, uyga ko‘chirib kiritish, uydan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risida berilgan bo‘lsa, sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishini istisno etmaydi.

Oila kodeksining 5-bobida er-xotin birgalikdagi mulki bo‘yicha tushuncha berilgan. Sizning holatingizda ushbu qurilish ob’ektiga qo‘shgan hissangizni isbotlab berish lozim. Bunda nafaqat Siz balki eringiz qo‘shgan hissada ham ulushingiz mavjudligi tushuntiriladi.

Ushbu savolga Qo‘shtepa tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Xomidov javob berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram