Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI
2021-11-08 10:31:13 94
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan an’anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarning murojaatlari tuman rahbari tomonidan birma-bir tinglandi.
Qabul davomida ishtirok etgan 9 nafar tadbirkorning murojaatlarini hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.