Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“NIMA QILDIK VATAN UCHUN” SHIORI OSTIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2021-11-05 20:22:30    86

PDF yuklash
Chop etish







Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Turkiston” majmuasida tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Xotin-qizlar Jamoatchilik kengashi va Targ‘ibot guruhi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, shuningdek tumandagi otinoyilar ishtirokida “Nima qildik Vatan uchun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

















Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoshidagi Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi ishchi guruhi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahatchisi M.Ulug‘ova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Alimova, O’zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari H.Komilovalar ham ishtirok etishdi.





Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, jamiyat hayotida xotin-qizlarning o‘rni va roli. Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi va bir guruh faol ayollarimizga tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.







 Tadbir davomida Qo‘shtepa tumanida faoliyat olib borayotgan otinoyilarning oilalarda xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy ajrimlar, erta va noqonuniy nikohlarni oldini olish, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, tarbiyasi og‘ir ayollar bilan olib borayotgan targ‘ibot hamda profilaktik tadbirlar to‘g‘risida tuman bosh otinoyisi M.O’rmonovaning axboroti tinglandi. 







Tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, tuman Targ‘ibot guruhi a’zolarining davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda mahallalarda huquqbuzarliklar sodir etishga moyilligi bo‘lgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.












Shuningdek, otinoyilar ko‘magida yarashtirilgan oila vakillari o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Istiqbol mahallasida “Ayollar daftari” hisobiga olinib, ijtimoiy uy-joy bilan ta’minlangan Z.Ergasheva esa o‘zining dil izhorlarini bildirdi.












O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira M.Ulug‘ova tomonidan o‘qilgan go‘zal she’rlar, otinoyilarning “Yangi O’zbekiston” mavzusidagi   noanan’aviy chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 












Bir piyola choy ustida tashkil eitlagn tadbir yakunida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoshidagi Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi ishchi guruhi vakillari tomonidan ayollarning faolligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlashda jamoatchilik kengashlari bilan davlat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash borasida zarur tavsiyalar berdilar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram