Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA KAM TA'MINLANGAN OILAGA UY QURIB BERILDI

×

 2021-11-03 18:43:59    115

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimining tashabbusi hamda saxovatli insonlarning yordamida Shahartepa mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi, kam ta'minlangan fuqaro Bahridil Zokirovaga yangi uy qurib berildi.




Bugun ana shu uyni o’z egasiga topshirish maqsadida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ushbu xonadonga tashrif buyurdilar. Tuman hokimi bilan birgalikda mazkur uy qurilishida o’z yordamini bergan saxovatpesha insonlar, mahalla faollari va qo’ni-qo’shnilar ham ushbu tadbir ishtirokchilariga aylanishdi.

Bahridil Zokirovaning eski uyi buzilib, o’rnida tamoman yangi va zamonaviy, qolaversa barcha qulayliklarga ega uy barpo etildi. Qisqa fursat ichida bitkazilgan uy-joyning qurilishida “Qo’shtepa saxovati” guruhi a'zolari beg’araz yordam berdilar. Yigitlarning ta'kidlashicha, xohish-iroda bo’lsa, tashabbuskorlik bo’lsa, fuqaro tashvishini yurakdan his qila olsangiz, mana shunday ezgu amallarga yo’l ochilaverar ekan.






– Boquvchimni yo’qotganman, 1 nafar voyaga yetmagan farzandim bor. O’g’lim Kamoliddin 21-umumta'lim maktabining 8-sinfida o’qiydi, – deydi  Bahridil Zokirova. – Mahallaning “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga ro’yxatga olinganligim tufayli muntazam yordam berib kelishmoqda. Mustaqil yurishga qiynalganligim sababli yangi uyni ichiga menga moslashib oshxona, hamom va hojatxona ham qurib berishdi. Xudoning atagani bor ekan, mana, bugun yangi uyimiz bitdi. Shu ishga hissa qo’shganlar haqqiga tinimsiz duo qilamiz, iloyo, hammalari sog’-salomat bo’lishsin. Ayniqsa, biz kabi “qo’li kalta”larni e'tiborsiz qoldirmayotgan davlatimiz rahbariga ming rahmat!..

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram