Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLAJONLARNI BOG’CHAGA QAMRAB OLISH ENG MUHIM VAZIFA

×

 2021-11-03 16:08:14    148

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida maktabgacha ta'limga bolalarni qamrab olish darajasi yildan yilga ortmoqda. Mahallalarda maktabgacha ta'lim maskanlarini ko’paytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi xususiy bog’chalar tashkil etilayotir.



Tumanda maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini oshirish orqali bolalar qamrovini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, bolalar qamrovidan kelib chiqib, “Kattaboltako’l” mahalla fuqarolar yig’inidagi 17-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qo’shimcha 90 o’rinli yangi tipdagi guruhlar qurib foydalanishga topshirildi. 



Ushbu ta'lim tashkiloti Kattaboltako’l, Vatan va Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inidagi 3-7 yoshli bolalarni qamrab oladi. Ushbu hududda 768 nafar 3-7 yoshli bolalar bo’lib, 2021 yil yakuniga qadar ushbu bolalarning 150 nafari qamrab olingan edi. Ta'lim tashkilotiga qo’shimcha 90 o’rinli binoning qad rostlashi va 6-7 yoshli qamralmagan bolalarning 60 nafari uchun majburiy maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etilishi, guruhlarda bola sonining 30 nafarga yetkazilishi tufayli qo’shimcha 180 nafar bolalar qamrab olindi. Hozirda xududdagi jami 330 nafar bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olingan.




Bugun ushbu yangi qurib bitkazilgan binoning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman xokimi I.Novikov, tuman prokurori I.Shomurodovhamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram