Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-01 20:07:54    108

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Tadbirkorlar uyida navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda 6 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari 46-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta'lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo’shimcha fan to’garaklari foliyatini ta'minlash bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lgan tuman hokimi muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalarini berdi.



Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Beshkapa” shifokor xizmat uyida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tadbirkor B.Kamolov tomonidan Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan plastik eshik va romlar ishlab chiqarish tsexi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Tumandagi qishloq xo’jaligi tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan dala sharoitida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda boshoqli don ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram