Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/f4dd14070a196ca54395e.jpg)
2021-10-25 10:55:51 147
![](https://telegra.ph/file/f4dd14070a196ca54395e.jpg)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan an'anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/5cce287469aec250b9b1d.jpg)
Bugun, Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o’tkazildi. Qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarning murojaatlari tuman rahbari tomonidan birma-bir tinglandi.
![](https://telegra.ph/file/0c79cab9e45cf412735b7.jpg)
![](https://telegra.ph/file/b434d62dba68e45bd9ee6.jpg)
![](https://telegra.ph/file/f0489ada0cd7040a3d4c5.jpg)
Qabul davomida ishtirok etgan 5 nafar tadbirkorning murojaatlarini hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.