Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-19 19:00:46    96

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov 27-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

32-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “O’qchi” shifokor xizmat uyida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari “Qo’shtepa agro meva klasteri” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan O’qchi mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash ombori faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga saqlanayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini asosiy qismini eksportga yo’naltirish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram