Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSHLAR DAFTARI”DA RO’YXATDA TURUVCHI YOSHLARGA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI

×

 2021-10-19 18:39:59    191

PDF yuklash
Chop etish



Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona yurtga sadoqat, mard va jasur qilib kamolga yetkazish bugunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

 Shu bois, bu boradagi targ’ibot va tashviqot ishlarini jadallashtirish o’zining ijobiy samarasini beradi.

Xususan, yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ayniqsa “Yoshlar daftari” ro’yxatidagi yigit-qizlarning hayotda munosib o’rin topishlariga ko’maklashish muhim masala hisoblanadi.

Bugun Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turuvchi yoshlarga o’z-o’zini band qilishi uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar hamda mehnat qurollari topshirildi.

Bo’lib o’tgan tadbirda sektor rahbarlari hamda DXX Marg’ilon shahar bo’limi boshlig’i Sh.Xatamovlar ishtirok etdilar.


Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, mamlakatimizda “Yoshlar daftari”ning yuritilishi har bir o’g’il-qiz taqdiri davlatimiz nazoratida, e'tiborida ekanligidan dalolatligini ta'kidlab o’tdi.


Tadbir davomida yoshlarga mehnat qurollari, saylovlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarga “Yoshlar ittifoqi” sardori ko’krak nishonlari hamda maxsus kiyim boshlar topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram