Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-15 21:10:23    93

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Qabul davomida 6 nafar fuqarolar 6 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarni o’rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.


14-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman rahbari tomonidan mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rishga tegishli topshiriqlar berildi.


28-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “G’ishtmon” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’ini hududida tadbirkor L.Nuraliyev tomonidan tashkil etilgan plastik eshik va romlar ishlab chiqarish tsexi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.


Kichik beshkapa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan yer va boshqa masalalar yuzasidan qilgan murojaatlar joyida o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan murojaatda ko’tarilgan masalalar yuzasidan aholi vakiliga tegishli tushuntirishlar berildi.


Dehqonobod mahalla fuqarolar yig’ini, Sixatgoh ko’chasida yashovchi N.Nurmatovning yashash xonadonida xomiylar tomonidan olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga qurilish-ta'mirlash ishlarini sifatli bajarilishi hamda qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram