Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

15 OKTYABR – XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI

×

 2021-10-15 20:44:45    112

PDF yuklash
Chop etish



Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi yig’ilishida qishloq ayollarining, shu jumladan, tub aholining qishloq xo’jaligini va qishloq tumanlarini rivojlantirishni jadallashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va qishloq joylarda kambag’allikni yo’qotishdagi roli tan olinib, 15 oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida rasman e'lon qilingan. Ushbu bayram ilk marta 2008 yil 15 oktyabrda nishonlangan. Bugungi kunda dunyoning ko’plab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.

Qishloqdagi ayollar uy-ro’zg’or ishlari, asosiy xizmat vazifalaridan tashqari tomorqalarida qishloq xo’jaligi ishlari bilan shug’ullanadilar, farzandlarini mehnatga o’rgatadilar. Shu bois, ushbu bayram dunyo davlatlaridagi mehnatkash, bag’ri keng va fidoiy qishloq ayollariga bag’ishlangan.


Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Yuqori o’qchi mahallasida mehnat faxriylari, uyushmagan uy bekalari, notinch oila vakillari ishtirokida “Oilam mening baxtim” mavzusida suhbat tashkil etildi. Ko’p yillar samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan onaxonlarga va xotin-qizlarga ehtirom ko’rsatildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram