Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VILOYAT HOKIMI O’RINBOSARINING QABULI
2021-10-11 12:11:00 93
Aholi muammolarini o’rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazi”da Farg’ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo’yicha o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi.
Unda boshqarma boshliqlari, shuningdek, Qo’shtepa tumani hokimi Ilyos Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosalari hamda mutasaddi tashkilotlar mas'ullari ishtirok etishdi.
Qabulda jami 25 nafar jismoniy va yuridik shaxslar o’zlarining muammolari bilan ishtirok etdilar.
Sayyor qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati diqqat bilan tinglanib, masalalarga yechim topish choralari ko’rildi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarni o’rganib chiqish va natijasi bo’yicha muallifga ma'lum qilish uchun korxona, tashkilot va bo’limlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida tumanimiz aholisi uchun Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi ham tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada band bo’lmagan fuqarolar, xotin-qizlar va ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi