Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLINI RO’YXATGA OLISH 2023-YILDA O’TKAZILADI

×

 2021-10-09 18:58:14    28

PDF yuklash
Chop etish



“Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 710-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olish 2023-yil 1–25-noyabr kunlari o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. Rejaga asosan aholini ro’yxatga olish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

 1–5-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog’i orqali aholini ro’yxatga olish (5 kun);

 6–10-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog’i orqali ro’yxatdan o’tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro’yxatini shakllantirish (5 kun);

 11–22-noyabr kunlari — aholini ro’yxatga olish varag’i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro’yxatga olish (12 kun);

 23–25-noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o’rganish (3 kun).

Qo’shtepa tumani statistika bo’limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram