Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-09 18:44:21    114

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida tuman hokimligida mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida “Tumanda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash va dinlararo bag’rikenglikni mustahkamlash” yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. Mas'ul rahbarlarga tumanda ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari “Istiqlol” madaniyat markazida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga qurilish-ta'mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida mukammal bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Obod qishloq” dasturi asosida mukammal ta'mirlangan 10-umumta'lim maktabida o’quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasada joylashgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Tadbirkor A.Sobirov tomonidan Do’rmon mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan mebel tsexi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Shuningdek, paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram