Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KEKSALARI ARDOQLANGAN YURT

×

 2021-10-08 21:51:41    124

PDF yuklash
Chop etish



Shu kunlarda respublikamiz bo’ylab “Keksalar haftaligi” o’tkazilmoqda. Haftalik doirasida turli xil tadbirlar, aktsiyalar, sport musobaqalari bo’lib o’tmoqda. Yoshlarimiz tashabbusi bilan yolg’iz qariyalar, mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularning xonadonlari tomorqalarida obodonlashtirish ishlari tashkil etilmoqda.



Xususan, Qo’shtepa tumanida ham “Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” shiori ostida turli tadbirlar o’tkazilmoqda.


Milliy an'ana va qadriyatlarimizning o’ziga xos ko’zgusi sifatida bo’lib o’tayotgan mazkur haftalik nuroniylar ko’nglini ko’tarishda, ularni qo’llab-quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.



“Mumtoz” mahalla fuqarolar yig’inida ham ushbu haftalik keng targ’ib etilib, nuroniylar ko’ngli shod etildi.

Bugun ushbu mahalla fuqarolar yig’inida nuroniy otaxon va onaxonlarimiz uchun dasturxon yozildi.

Bir piyola choy ustida otaxon va onaxonlarimizning suhbatlari qizib ketdi.

Ular duoga qo’l ochib, yurtimizga tinchlik-omonlik, fayz-u baraka tiladilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram