Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-08 21:02:58    66

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, “Karnaychi” mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Qabul davomida 5 nafar fuqarolar 6 ta masalalar bilan sektor rahbariga murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflar o’rganildi.


Tadbirkor F.Soliyev tomonidan “Karnaychi” mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan mebel tsexi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorga o’z faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Yurtimizda o’tkazilayotgan “Keksalarni ezozlash” haftaligi doirasida tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 35-umumta'lim maktabida “Namuna” mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi nuroniylar ishtorkida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, ushbu muassasada uzoq yillar faoliyat olib borgan faxriy ustozlarga tuman hokimligining esdalik sovg’alarini topshirdi.


“Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


 “Obod qishloq” dasturi asosida mukammal ta'mirlangan tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 4-umumta'lim maktabida o’quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasada joylashgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Saylov uchastkasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


“Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod qishloq” Dasturi asosida yangi qurilayotgan 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari o’rganilib, mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram