Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-10-08 19:16:15    80

PDF yuklash
Chop etish


Feysbuk ijtimoiy tarmog’i orqali bloger Olimjon Xaydarov tomonidan “Nega obod qishloq dasturi chala qoldirildi? Qo’shtepa tumani Xumdon MFY hududida yashovchi fuqarolardan murojaat bo’ldi” sarlavhali xabar e'lon qilingan edi.

Murojaat e'lon qilinganidan so’ng mazkur holat tuman hokimligi, “Farg’ona suv ta'minoti” MChJ Qo’shtepa tumani bo’limi hamda “Xumdon” mahalla fuqarolar yig’ini vakillari ishtirokida o’rganib chiqilganida quyidagilar aniqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to’g’risida”gi PF-5386-sonli Farmoni ijrosini tashkil etishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3630-sonli hamda viloyat hokimining 2 aprel kungi 160-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida tuman hokimining 2018 yil 10 aprel kungi 686-sonli qarori qabul qilingan. Qarorga asosan tumanning 2 ta (“Sohibkor”, “Xumdon”) mahalla fuqarolar yig’inlari dasturga kiritilgan.

Ushbu dastur bo’yicha “Xumdon” mahalla fuqarolar yig’inida quyidagi ishlar bajarilgan.

Ijtimoiy soha ob'ektlari bo’yicha;

“Xumdon” MFY hududida 1 ta maktab, 1 ta MTM filiali mavjud bo’lib, shundan:

3-umumta'lim maktabi mahalliy byudjet mablag’laridan ta'mirlanishi rejalashtirilgan bo’lib, ta'mirlash ishlari olib borilgan.

“Xumdon” MFY hududida 1 ta 15-MTM filialini ta'mirlash maqsadida 173.4 mln. so’m mablag’ xalqaro moliya inistitutlari mablag’lari hisobidan ajratilib, qurilish ta'mirlash ishlari olib borildi.

Elektr tarmoqlari bo’yicha:

“Xumdon” MFY hududida jami 3 ta TP mavjud bo’lib, shundan 2 ta TP mukammal ta'mirdan chiqarilib, 1 ta TP hamda 113 dona temirbeton tayanchlar yangitdan o’rnatildi.

4 km tarmoq tortish ishlari rejalashtirilgan bo’lib, hozirgi kunda 2,4 km yangi tarmoq tortish ishlari yakunlandi hamda 4.1 km 0.4 kVli havo uzatmasi makammal ta'mirdan chiqarildi.

 Ichimlik suvi tarmog’i bo’yicha:

“Xumdon” mahalla fuqarolar yig’ini Baxt ko’chasida yashovchi aholi honadonlarida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida “Obod qishloq va Obod mahalla” dasturi doirasida yangi 2 km tarmoq tortilishi rejalashtirilib, belgilangan ishlar o’z muddatida bajarilgan. Shuningdek, mahalla aholisi bilan hamkorlikda 200 metr tarmoq tortilib, Baxt ko’chasida joylashgan 1-ko’p qavatli uyda joylashgan 18 ta honadon vakillari toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan. 2018 yil Obod qishloq dasturida murojaatda ko’rsatilgan Xumdonobod ko’chasiga ichimlik suvi tarmog’i tortish rejalashtirilmagan.

Mazkur Xumdonobod ko’chasida yashovchi aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida “Farg’ona suv ta'minoti” MChJ Qo’shtepa tumani bo’limi tomonidan 2021 yil 4-chorak yakuniga qadar 1.0 km tarmoq tortish ishlari rejalashtirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram