Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-07 23:37:35    129

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun hokim o’rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. Tuman hokimi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarida ko’tarilgan muammo va takliflarni ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari “Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


25-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


1-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


“Qiyqi” mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “GRAF TEXTIL” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishilgach, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


DXX Marg’ilon shahar bo’limi boshlig’i Sh.Xatamov hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida “O’qchi” mahalla fuqarolar yig’ini Yangi Farg’ona ko’chasida istiqomat qiluvchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga asfaltlashtirish ishlarini belgilangan me'yorlar asosida sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Yoshlar markazida tuman rahbari, DXX Marg’ilon shahar bo’limi boshlig’i Sh.Xatamov, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari hamda “Kichik beshkapa” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirokida fuqarolar tomonidan yer va boshqa masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan murojaatda ko’tarilgan masalalar yuzasidan aholi vakillariga tegishli tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, tumandagi qishloq xo’jaligi tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda boshoqli don ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram