Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’ZBEK TILI” NORASMIY KUNDALIK ALOQA TILI EMAS, - U “DAVLAT TILIDIR”

×

 2021-10-06 22:51:39    108

PDF yuklash
Chop etish



Bugun ona tilimizni ommaviy ravishda va keng miqyosda, o’zbek davlatchiligining har sohasida tafakkur ifodalarimizning omili sifatida qo’llashimiz u qadar ko’ngildagidek bo’lmagani va bunda har birimizning tegishlicha aybimiz borligini his etamiz. Negaki, 1989 yilda «Davlat tili haqida» qabul qilingan Qonunga qariyb 30 yildan ortiq vaqt bo’ldi. Qonun hech bir sohada o’zining to’la-to’kis ifodasini topmadi.

Shu bois, yanada kuchli huquqiy asos beruvchi bir hujjatga, davlat tili amal qilishini tartibga soluvchi tashkilot faoliyatini yo’lga qo’yishga ehtiyoj sezildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga so’zsiz rioya etilishiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi 34-sonli qarori qabul kilindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori asosida davlat organlari va xo’jalik birlashmalari tuzilmalarida rahbarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi va ushbu yangi lavozimni egallagan mutaxassislarga yuqoridagi vazifalarni samarali amalga oshirish bo’yicha juda katta mas'uliyat yuklatildi.

Aslida, dunyo ayvonida juda ko’p kishilarda qiziqish uyg’otib, katta minbarlarda yangrab borayotgan ona tilimizning go’zalligini o’zimiz namoyon etmasak, boshqa hech kim yordamga kelmaydi. Boshqa millatlar biz ularning so’zlaridan qancha ko’p foydalansak, shuncha mamnun bo’ladi. Chunki o’z so’zini tinglagan kishining qalbida milliy g’ururi uyg’onishiga sababchi bo’lamiz. Ehtimol, bu odatlarimiz o’ta mehmondo’stligimiz va ko’ngilchanligimizdandir. To’g’ri, bu odatlar juda ham yaxshi. Biroq tilimizda bor atamalarni topib ishlatsak, aholi uni talaffuz qilishda ham, yozishda ham qiynalmaydi.

Zamon qanchalik rivojlanib borayotgan bo’lsa, til ham mazkur ijtimoiy jarayonlarni shunchalik tez o’zida namoyon qilib bormoqda. Har bir millat o’z ona tiliga mas'ul bo’lishi naqadar muhimligi bugungi hududlarni nomlash jarayonlarida ham yaqqol ko’rinadi. Shu ma'noda nufuzli ob'ektlarga nom qo’yilayotganda ham milliylikka alohida e'tibor berishimiz lozim. Hozirgi kunda tuman va shaharlarimizda ayrim yirik savdo majmualari “AZIYa”, “MAKRO”, “FLAGMAN” nomlari bilan faoliyat yuritmoqda. Bu nomlar xalq orasida mo’ljalni ifodalovchi ob'ekt sifatida, ya'ni, “Makro” supermarketi orqasida yashayman, “Flagman” supermarketi yonida tushaman,-degan iboralarni ommalashishiga yordam bermoqda. Bu nomlarni bora-bora joy nomiga aylanib ketishini inobatga olishimiz kerak. 

Shu o’rinda bir ma'lumotni Siz bilan bo’lishgim keldi. Shvetsiyada ingliz tilidan faol foydalanish natijasida turli soha faoliyatida shved tilidan foydalanilmay qo’yildi. Shved tili davlat tili sifatida yo’qolib bormoqda. Mustamlakachilik tarixiga ega bo’lgan ko’plab mamlakatlarda eski mustamlaka tillari ijtimoiy hayot tili hisoblanadi, ona tili esa faqatgina uyda foydalanish va norasmiy kundalik aloqada qo’llaniladi.

Yuqoridagi jumlaga nazar solsangiz, insonni bir oz seskantiradi. Millat o’z tilini yo’qotsa uning millat sifatida yo’qolish muddati aniqlanib qoladi. Shunday ekan, o’z ona tilimizni “faqatgina uyda foydalanish yoki norasmiy kundalik aloqa” tili bo’lib qolmasligi, uni dunyo tan olgan tillar qatoriga ko’tarish har bir O’zbekiston Fuqarosining muqaddas burchi ekanligini unutmasligimiz zarur.

 Umidjon Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi.

 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram