Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-06 22:27:17    102

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 1-sonli kasb-hunar maktabida tashlik etilgan “Mono markaz” faoliyati bilan tanishib, muassasada kasb-hunar o‘rganayotgan o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi. Mas’ul rahbarlarga markazda kasb-hunar o‘rgangan fuqarolarni kelgusida doimiy bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


43-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


“Oqtepa” hamda “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Sirus inter plast” va “Vodiy sundurup” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati ham o‘rganilib, tadbirkorlarga faoliyatlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Yoshlarning fikrini tinglash, ularning hayotidagi muammolar va dolzarb vazifalarni o‘rganish, yoshlarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan tuman Yoshlar ishlari agentligida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Uchrashuvda 20 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, turli masalalar bilan murojaat qilishdi. Tuman hokimi tomonidan yoshlarning muammo va takliflarini ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram