Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-05 20:22:43    78

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasida o’zining navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 42 nafar fuqarolar bolalar puli va moddiy yordam ajratish, ish bilan ta'minlash, elektr va suv ta'minoti, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e'tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko’tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko’rsatmalar berildi.


16-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan tanishgan tuman rahbari mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


42-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar o’rganilib, mas'ullarga sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 88-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan otin oyilarning navbatdagi oylik hisobot yig’ilishida ishtirok etgan I.Novikov ularning foliyatiga alohida e'tibor qaratgan holda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxtani yig’ib-terib olish maqsadida aholi o’rtasida targ’ibot tadbirlarini kengaytirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalarini berdi. Shuningdek, ularga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram