Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QARISI BOR UYNING...

×

 2021-10-04 20:23:49    1277

PDF yuklash
Chop etish



Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor” degan naql bekorga aytilmagan. Darhaqiqat, uzoq umr ko’rish, keksalik davrini surish har kimga ham nasib etavermaydi. Yurtimizda qaysi bir xonadonda ota-ona yoki ulardan biri mavjud bo’lsa o’sha oila bag’ri butun oila deyiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 sentyabrdagi tegishli majlis bayoniga asosan, joriy yilning 4-10 oktyabr kunlari “Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g’oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o’tkazilishi rejalashtirildi.

Bo’lib o’tadigan haftalik doirasida nuroniylarning holidan xabar olish, ularni manaviy va jismoniy qo’llab-kuvvatlash, hurmat-ehtirom ko’rsatish va e'zozlash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Ushbu haftalikni "mahallabay" o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va yuqori saviyada tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishini ta'minlashga e'tibor qaratiladi.

Zero, otaxonu onaxonlarimizga har qancha e'tibor ko’rsatsak ham shuncha kam. Axir keksalarimiz yoshlarning ta'lim tarbiyasi, axloqu odobini nazorat qilib, o’z hayotiy tajribalaridan kelib-chiqib pandu nasihat qiladilar.

Darhaqiqat, inson umri o’tib, keksaygani sari uning jismi zaiflashib boradi, ammo hayot sinovlarida toblangan, boshidan yaxshi va og’ir kunlarni ko’p o’tkazgan keksalarimizning borligi Allohning bergan ulug’ ne'matidir. Bu haqda janob Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Agar orangizda munkillagan qariyalar, o’tlab yurgan chorva hayvonlari va emizikli chaqaloqlar bo’lmaganida edi, boshingizga balolar selday oqib kelgan bo’lar edi”. 

Alloh Taolo bizlarga keksalar tufayli shunchalar ko’p marhamat ko’rsatar ekan, o’z navbatida, bizlar ham ularning hurmatlarini joyiga qo’yishimiz, izzat ikrom ko’rsatishimiz lozim. Parvardigori olam O’z kalomida keksalarga hurmat, ayniqsa ota-ona qariganda ularning xizmatida hozir bo’lish haqida oyatlar nozil qilgan.

Bizlarning yorug’ va baxtli kunlarga yetib kelishimizda keksalarimizning sa'yi harakatlari behaddir. Ularning xizmatlari, duoi fotihalari evaziga biz sihat-salomatmiz, hayotimiz tinch va farovondir.

Aziz nuroniylarimiz, g’amxo’r va duogo’y otaxonu onaxonlarmiz baxtimizga sog’-salomat bo’lishsin!

A.AXMADALIYEV,

Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram