Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-04 19:25:53    86

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tuman hokimligida sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, byudjet tushumlarini hamda investitsiya dasturlarining bajarilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan yig’ilish o’tkazdi. Tuman hokimi tomonidan 9 oyga belgilangan rejalarni bajarilishini ta'minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarida ko’tarilgan muammo va takliflarni ijobiy hal etilishi bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari 21-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar o’rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


“Shahartepa” mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Qirguli shifo fayz” xususiy klinikasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Tuman hokimi “Shahartepa” mahalla fuqarolar yig’inida “Ayollar daftari”da turuvchi fuqaro B.Zokirova xonadonida bo’lib, oilaning yashash uyida homiylar tomonidan olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga xonadonda olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram