Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUDLAR TOMONIDAN DOIMIY RAVISHDA SAYYOR QABULLAR O’TKAZILMOQDA
2021-10-04 15:22:35 194
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tasdiqlangan “Yo’l xaritasi” ijrosini ta'minlash maqsadida Farg’ona viloyat sudlari raislari hamda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizdagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tuman-shaharlarda jinoyat va huquqbuzarliklar, niqohdan ajratish, tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko’paygan mahallalarda profilaktika ishlarini jonlashtirish maqsadida sayyor qabullar o’tkazib kelinmoqda.
Viloyat ma'muriy sudining sudyasi N.Xadjimatov hamda guruh a'zolari Marg’ilon shahar tumanlararo fuqarolik sudining sudyasi N.Egamov va jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi tomonidan tumanimizda doimiy ravishda sayyor qabullar o’tkazib kelinmoqda.
Jumladan, “Shodlik” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Axborot kutubxona markazida o’tkazilgan sayyor qabulda 5 nafardan ortiq fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ko’rib chiqilgan bo’lsa, “Do’rmon” mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan sayyor qabulda 7 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari o’rganildi.
A.ERGAShEV,
jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.