Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKOR QABULI - MUAMMOGA YECHIM TOPISH UCHUN SAMARALI USUL

×

 2021-10-04 11:23:29    116

PDF yuklash
Chop etish



Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan an'anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazib kelinmoqda.


Bugun, Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o’tkazildi. 


Qabulda 7 nafar fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun imtiyozli kredit olish,  davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bolalar bog’chasi ochish va elektr ta'minoti masalasida ishtirok etishdi. 


Tadbirkorlarning murojaatlari tuman rahbari tomonidan birma-bir tinglanib, masalalarni hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlar ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o’rganish va ularga huquqiy va amaliy yordam berishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo’lmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram