Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-02 19:24:07    89

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish yuzasidan 1-sektor shtabi boshqaruv ofisi a'zolari ishtirokida yig’ilish o’tkazdi. Tuman hokimi tomonidan ishchi guruh a'zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamta'minlangan oilalar, xotin-qizlar hamda ishsiz yoshlar badligini ta'minlash va ularni tadbirkorlikka yo’naltirish orqali doimiy daromadga ega bo’lishlarini ta'minlash maqsadida “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy hamda moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro’yxatda qolgan fuqarolarni istaklari asosida shakillantirilgan chora-tadbirlarni belgilangan muddatda bajarilishi hamda ro’yxatdan chiqarish choralarini ko’rish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman rahbari tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo’limida bo’lib, muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


30-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan ham tanishildi. Mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda maktabgacha ta'lim qamrovini oshirish maqsadida tadbirkor O.Raxmatov tomonidan Soy bo’yi mahalla fuqarolar yig’ini hududida xususiy sherikchilik asosida tashkil etilayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari o’rganilib, mas'ul rahbarlar hamda tadbirkorga muassasada olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Tursunov rahbarligida tumandagi qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olish yuzasidan joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Viloyat hokimining o’rinbosari A.Tursunov hamda tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram