Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1 OKTYABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI I.NOVIKOVNING BAYRAM TABRIGI

×

 2021-09-30 10:09:49    186

PDF yuklash
Chop etish



Aziz ustozlar!

Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar!

Avvalo, barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. O‘qituvchilar esa hayotimiz charog‘bonlaridir. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan.

Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘", degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.

Shuning uchun ham Sizlardan ta’lim va tarbiya olgan, o‘zini oldingizda umrbod qarzdor deb his etadigan barcha insonlar nomidan Sizlarga har qancha minnatdorlik bildirsak shuncha oz. Hayot bor ekan, o‘qituvchilik kasbi o‘zining ma’no-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo‘qotmaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi", – degan so‘zlari fikrimizning yaqqol tasdig‘idir.

Biz shu qutlug‘ ayyomni keng nishonlar ekanmiz, Sizlarning yosh avlodga bilim berishdek murakkab, ammo sharafli mehnatingiz uchun barchamiz samimiy minnatdorchilik bildirishni o‘zimizning muqaddas burchimiz deb bilamiz.

Hurmatli ustozlar!

Siz borsizki, hayotimiz nurafshon, ertangi kunimiz – farzandlarimizdan ko‘nglimiz to‘q. O‘zbekiston farzand-lari chehrasidagi nur – bu tinchlikning nuri. Ozod diyorimizdagi ana shu osuda, farovon hayotimizga ko‘z tegmasin. Siz o‘quvchi va talabalaringiz huzuriga – sinf xonalariga hamisha chehrangizda ishonch va tabassum bilan kirib boring!

Sizlarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram