Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-27 21:20:03    75

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Istiqlol”, “Loyson”, “Dehqonobod”, “Shahartepa”, “Shomirza” va “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


23-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman rahbari mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Shuningdek, 39-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Tuman tibbiyot bilashmasiga qarashli 86-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari ishtirokida joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram